Mandriva Linux O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari - Mandriva Linux 2006 Talab qilinadi * Pentium yoki unga mos protsessor * Kompakt-disk uskunasi * Kamida 32 Mb RAM, 64 Mb tavsiya qilinadi Mandriva Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir. 1-usulga qarang. QAYD: * Agar Mandriva Linuxning 7.x, 8.x yoki 9.x versiyalarini yangilasangiz, eski sistemangizning ehtiyot nusxasini olib qo'yishni unutmang. * Eskiroq (7.0dan oldingi) versiyalarni yangilash MUMKIN EMAS. Bunday holda yangilash emas, sistemani boshidan qayta o'rnatishingiz lozim. ============================================================================ Quyida Mandriva Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan: 1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish 2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish 3. O'rnatishning boshqa usullari ============================================================================ 1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish O'rnatish kompakt-diski bootabledir. Ko'pincha kompakt-diskni drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing. QAYD: Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema kompakt-diskdan boot qilmasligi mumkin. Shu hol ro'y bersa, ikkinchi kompakt-diskdan boot qilishga urinib ko'ring: u ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda kompakt-diskni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi kompakt-disk ham boot qilmasa, tizimni yuklash disketi tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing. ============================================================================ 2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish Agar kompyuteringiz kompakt-diskdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim: * Kompakt-diskni qo'ying, keyin "My Computer" ikonini oching va kompakt-disk drayv ikoniga o'ng-kliklab, "Open" ni tanlang * "dosutils" katalogiga boring va "rawwritewin" ikoniga ikki-kliklang * floppi drayviga bo'sh disketi qo'ying * "Image File" fieldida "D:\images\cdrom.img" faylini tanlang (kompakt-disk drayvingiz "D:" bo'lsa shu fayl tanlanadi, aks holda "D:" o'rniga kerakli harfni yozing) * "Floppy Drive" fieldida "A:"ni tanlab, "Write"ni kliklang. O'rnatishni boshlash uchun: * kompakt-diskni drayvga, tizimni yuklash disketini ham o'z drayviga qo'ying, keyin * kompyuterni qayta boshlang. ============================================================================ 3. O'rnatishning boshqa usullari Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pkmkia qurilmadan o'rnatmoqchi bo'lsangiz, yoki...), tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim: * Linux (yoki boshqa zamonaviy UNIX sistemasida) promptda yozing: $ dd if=xxxxx.img of=/dev/fd0 * Windowsda 2-usulda yozilgandek yarating, faqat cdrom.img o'rniga xxxxx.img (pastroqqa qarang) ishlating. * DOSda, kompakt-disk drayvingiz D: deb olsak, bunday yozasiz: D:\> dosutils\rawrite.exe -f install\images\xxxxx.img -d A buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir: +-----------------+------------------------------------------------------+ | cdrom.img | kompakt-diskdan o'rnatish | +-----------------+------------------------------------------------------+ | hd_grub.img | hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki | | | ReiserFS fayl sistemasida) | | | you can configure it for your system at: | | | http://qa.mandriva.com/hd_grub.cgi | +-----------------+------------------------------------------------------+ | network.img | ftp/nfs/http dan o'rnatish | | | NOTE: you will need to insert network_drivers.img | | | in your floppy drive when prompted | +-----------------+------------------------------------------------------+ | pcmcia.img | pcmcia qurilmalardan o'rnatish (ogoh bo'lingki, | | | ko'pchilik pcmcia tarmoq adapterlari endi | | | to'g'ridan-to'g'ri network.img fayli | | | tomonidan qo'llab-quvvatlanadi) | +-----------------+------------------------------------------------------+ You may also burn boot.iso on a CDROM and boot from it. It supports all installations methods, cdrom, network, and hard-disk. ============================================================================ Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandriva Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda text deb yozing. Agar mavjud Mandriva Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa, O'rnatish kompakt-diski (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandriva Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda rescue deb yozing. Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring: http://www.mandrivalinux.com/drakx/README ============================================================================ O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar: 1. O'rnatish kompakt-diskini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish disketini) drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang. 2. Mandriva Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni bosing va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling. 3. O'rnatish tugallangach kompakt-disk chiqariladi, uni oling (boshqa disketlar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling. 4. Mandriva Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki root sifatida kompyuterga login qiling. Muhim qayd: "root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi foydalanish uchun normal yuzer akkountidan foydalaning, uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin. Mandriva Linux bilan ishlashda omad tilaymiz! ============================================================================ Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring: * E-Yordam http://www.mandrivaexpert.com/ * Mandriva Linux Xato-Tuzatishlar http://www.mandrivalinux.com/en/errata.php3 * Mandriva Linux Xavfsizlik Maslahatlari http://www.mandriva.com/security/advisories/ * Onlayn Dokumentatsiya http://www.mandrivalinux.com/en/fdoc.php3 * Mandrivaklubining Onlayn Bahs Forumlarini o'qing va ishtirok eting: http://club.mandriva.com * Mailing Listlar http://www.mandrivalinux.com/en/flists.php3 * Oson Izlanadigan Mailing List arxivlari http://marc.theaimsgroup.com/ * Internetdan Google yordamida izlash http://www.google.com/linux * Usenet Groupsdan Google Groups yordamida izlash http://groups.google.com/groups?group=comp ============================================================================