Mandrake Linux

O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari

Talab qilinadi

Mandrake Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir. 1-usulga qarang.

QAYD:


Quyida Mandrake Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan:

  1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish
  2. Windowsda boot floppi diski yaratish
  3. O'rnatishning boshqa usullari


1. To'g'ridan-to'g'ri CD yordamida boot qilish

O'rnatish CDROMi bootabledir. Ko'pincha CDni drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing.

QAYD:

Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema CDdan boot qilmasligi mumkin. Shu hol ro'y bersa, ikkinchi CDdan boot qilishga urinib ko'ring: u ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda CDni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi CD ham boot qilmasa, boot floppi tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing.

[sahifa yuqorisi]


2. Windowsda boot floppi diski yaratish

Agar kompyuteringiz CDROMdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda boot floppi yaratishingiz lozim:

O'rnatishni boshlash uchun:

[sahifa yuqorisi]


3. O'rnatishning boshqa usullari

Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pcmcia qurilmadan o'rnatmoqchi bo'lsangiz, yoki...), boot floppi yaratishingiz lozim:

buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir:

cdrom.img CD-ROMdan o'rnatish
hd.img hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki ReiserFS fayl sistemasida)
network.img ftp/nfs/http dan o'rnatish
pcmcia.img pcmcia qurilmalardan o'rnatish (ogoh bo'lingki, ko'pchilik pcmcia tarmoq adapterlari endi to'g'ridan-to'g'ri network.img fayli tomonidan qo'llab-quvvatlanadi)
hdcdrom_usb.img USBga ulangan hard-disk yoki cdromdan o'rnatish
network_gigabit_usb.img gigabit yoki USB adapterli tarmoqdan o'rnatish
blank.img mavjud Linux kernelingiz yordamida o'rnatish

blank.img faylini ishlatish uchun barcha zarur qo'llashlarni kernel imagega (modul sifatida emas) qo'shib, o'zingiz kerakli Linux kernelini quring. Keyin, blank.img faylidan floppi yaratgach, "vmlinuz" kernel imageingizni floppiga nusxalang.

[sahifa yuqorisi]


Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda text deb yozing.

Agar mavjud Mandrake Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa, O'rnatish CDROMi (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda rescue deb yozing.

Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring: http://www.linux-mandrake.com/drakx/README

[sahifa yuqorisi]


O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar:

  1. O'rnatish CDROMini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish floppi diskini) drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang.
  2. Mandrake Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni bosing va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling.
  3. O'rnatish tugallangach CD-ROM chiqariladi, uni oling (boshqa floppi disklar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling.
  4. Mandrake Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki "root" sifatida kompyuterga login qiling.

Muhim qayd:

"root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi foydalanish uchun normal yuzer accountidan foydalaning, uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin.

Mandrake Linux bilan ishlashda omad tilaymiz !

[sahifa yuqorisi]


Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring: