Talab qilinadi
Mandrake Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir. 1-usulga qarang.
QAYD:
Quyida Mandrake Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan:
O'rnatish CDROMi bootabledir. Ko'pincha CDni drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing.
QAYD:
Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema CDdan boot qilmasligi mumkin. Shu hol ro'y bersa, ikkinchi CDdan boot qilishga urinib ko'ring: u ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda CDni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi CD ham boot qilmasa, boot floppi tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing.
Agar kompyuteringiz CDROMdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda boot floppi yaratishingiz lozim:
O'rnatishni boshlash uchun:
Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pcmcia qurilmadan o'rnatmoqchi bo'lsangiz, yoki...), boot floppi yaratishingiz lozim:
buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir:
cdrom.img | CD-ROMdan o'rnatish |
hd.img | hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki ReiserFS fayl sistemasida) |
network.img | ftp/nfs/http dan o'rnatish |
pcmcia.img | pcmcia qurilmalardan o'rnatish (ogoh bo'lingki, ko'pchilik pcmcia tarmoq adapterlari endi to'g'ridan-to'g'ri network.img fayli tomonidan qo'llab-quvvatlanadi) |
hdcdrom_usb.img | USBga ulangan hard-disk yoki cdromdan o'rnatish |
network_gigabit_usb.img | gigabit yoki USB adapterli tarmoqdan o'rnatish |
blank.img | mavjud Linux kernelingiz yordamida o'rnatish |
blank.img faylini ishlatish uchun barcha zarur qo'llashlarni kernel imagega (modul sifatida emas) qo'shib, o'zingiz kerakli Linux kernelini quring. Keyin, blank.img faylidan floppi yaratgach, "vmlinuz" kernel imageingizni floppiga nusxalang.
Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda text deb yozing.
Agar mavjud Mandrake Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa, O'rnatish CDROMi (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandrake Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda rescue deb yozing.
Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring: http://www.linux-mandrake.com/drakx/README
Muhim qayd:
"root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi foydalanish uchun normal yuzer accountidan foydalaning, uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin.
Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring: